Yordam arizasi
Assalomu alaykum.
Men 2025-yil 7-mart kuni Instagram’dagi @anqara_showroom sahifasi orqali kiyim zakaz qildim. Ular 1 kunda yetkazib beramiz deb aytishdi. Men Click orqali 480 000 so‘m to‘lov qildim (chekni ilova qilaman).
To‘lovdan keyin ular meni blok qilishdi, sahifa hozir mavjud emas. Tovar yetkazilmadi. Bu holat firibgarlik hisoblanadi.
Iltimos, karta egasi haqida ma’lumot berish yoki bu holatni rasmiy tartibda tekshirib berishingizni so‘rayman. Zarur bo‘lsa, huquq-tartibot organlariga murojaat qilaman.
Oldindan raxmat
